Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritildi

“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi  Qonunga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Unda “xalqaro obligatsiya” atamasining tushunchasi mustahkamlandi. Bu sotiladigan emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan ko‘proq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna bo‘yicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi.

Xalqaro obligatsiyalarning o‘ziga xosliklari mavjud:

• ularning qiymati xorijiy valutada ifodalanadi;
• ularga Qonunning 39-moddasida ko‘rsatilgan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan O‘zbekistonning rezidentlari tomonidan chiqarilgan, mamlakat hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olishga doir vazifalari tatbiq etilmaydi;
• davlatning xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar yo‘naltiriladigan maqsadlar Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilanadi (21.07.2018 yildagi PQ-3877-son qarorga qarang) va h.k.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston birinchi marta umumiy summasi 1 mlrd AQSh dollari bo‘lgan suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqardi.

Qonun 5.04.2019 yildan kuchga kirdi.

Bundan oldin, Moliya vazirligi xalqaro obligatsiyalardan tushgan mablag‘larni banklarga joylashtirish budjet xarajatlarini oshirmasligi haqida ma’lum qilgandi.

Posted in Yangiliklar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan