O‘zbekistonda Islom moliyalashtirish usuli bilan obligatsiyalar muomalaga chiqariladi

Toriq Malaik boshchiligidagi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom hamkorligi delegatsiyasi O‘zbekistonda Islom moliyalashtirishi tamoyili asosida ish boshlashni taklif qilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

9 aprel kuni Kapital bozorini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston va Saudiya Arabiston vakillari uchrashuvida bu masalalar muhokama etilgan.

«Suquq va kapital bozori» dasturiga muvofiq, rivojlanayotgan davlatlarda Islom moliyalashtirish tamoyili asosida hamkorlik qilishga qiziqish bildirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori bilan muloqotda jamoaviy va munitsipal obligatsiyalarni muomalaga chiqarish muhokama etildi», — deyiladi agentlik axborotida.

Ta’kidlanishicha, agentlik rahbari Otabek Nazirov mahalliy valutada chiqarilishi loyihalashtirilayotgan obligatsiyalar xorijiy valuta bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni kamaytirishini bildirgan.

Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan mehmon uchrashuv yakunida O‘zbekistonga texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Posted in Yangiliklar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan