O‘zbekiston uch yilda qancha oltin eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

So‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston 220 tonna oltin eksport qildi, bundan Markaziy bank ma’lumotlari darak beryapti. Xususan, idora ma’lumotlariga ko‘ra, oltin eksporti 2016 yilda 70 tonnani tashkil etgan. Qiymat jihatidan bu 2,7 mlrd dollardan ortiqqa teng. 2017 yilda qimmatbaho metall eksporti 80 tonnani yoki 3,1 milliard dollarni tashkil etdi. 2018 yilda O‘zbekiston 70 tonna oltinni […]

O‘zbekistonda Islom moliyalashtirish usuli bilan obligatsiyalar muomalaga chiqariladi

Toriq Malaik boshchiligidagi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom hamkorligi delegatsiyasi O‘zbekistonda Islom moliyalashtirishi tamoyili asosida ish boshlashni taklif qilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri. 9 aprel kuni Kapital bozorini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston va Saudiya Arabiston vakillari uchrashuvida bu masalalar muhokama etilgan. «Suquq va kapital bozori» dasturiga muvofiq, rivojlanayotgan davlatlarda Islom moliyalashtirish tamoyili asosida hamkorlik qilishga […]

Andijondagi neft konlari Rossiya kompaniyasiga beriladigan bo‘ldi

Rossiyaning «Zarubejneft» kompaniyasi va «O‘zbekneftgaz» O‘zbekiston hududida loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risida bitim imzoladi. Bitim «Andijonneft»ning Xartum, Sharqiy Xartum va Janubiy Olamishiqda konlarida neft qazib olishni ko‘paytirishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirish uchun tomonlar «Andijonpetro» qo‘shma korxonasini tashkil etdi. «Imzolangan bitim «Zarubejneft» va «O‘zbekneftgaz»ning Farg‘ona vodiysidagi yetakchi konlarda neft qazib olishni ko‘paytirish loyihasini amalga oshirish […]

O‘zbekistonda birinchi marta birjada oltin sotildi

O‘tgan haftada “O‘zRTXB” AJda oltin quymasi sotuvi bo‘yicha birja savdolari o‘tkazildi. Birjada birinchi oltin sotuvchisi “Olmaliq KMK” AJ bo‘ldi. «O‘zRTXB» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, savdo yakuniga ko‘ra 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan bo‘lib, uning qiymati 209,06 mln so‘mga teng bo‘lgan. Birja kotirovkasi deyarli boshlang‘ich bahoda saqlangan – 1 gr oltin 348,4 ming so‘mni tashkil qilgan. […]